Siyosat
Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Davlatimiz rahbari har bir masalaga alohida toʻxtalib, muammolarning yechimini koʻrsatib oʻtdi:
Paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirib, bu yili kuzda va kelgusi yil bahorida yana 70 ming gektar ekin yerlarini aholiga tarqatish reja qilingan.
Lekin hokimlar bugungi kungacha ajratilgan 200 ming gektardan samarali foydalanishni toʻgʻri tashkil qila olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Jumladan, suv taʼminoti va unumdorligi yaxshi boʻlmagani uchun jami yerlarning 13 ming gektari yoki 8 foizi qarovsiz turibdi.
Buxoro, Qashqadaryo va Namanganda atigi 15 foiz yerlar ehtiyojmand oilalarga berilgan.
Shu munosabat bilan dastlabki bosqichda 10 yil muddatga ajratilgan 73 ming gektar maydonning ijara muddatlari 30 yilga uzaytirib berilishi belgilandi.
Boʻsh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.
“Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholiga yerlarni berishda ular yer uchun barcha toʻlovlardan ozod qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q