Siyosat
Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Qayd etilishicha, iyul oyida yillik inflyatsiya darajasi 8,9 foizni, oziq-ovqat mahsulotlarida esa 10,7 foizni tashkil qildi. Bu borada kartoshka, piyoz, un va yogʻ mahsulotlari oʻtgan yilga nisbatan arzonlashgani muhim omil boʻldi.
Lekin, takroriy ekin ekish ishlari toʻgʻri tashkil etilmagani bois ayrim hududlarda sabzi narxi 52 foizgacha oshgan; pomidor 2 barobar qimmatlagan; bodring narxi 1,7 barobargacha oʻsgan.
Bundan tashqari, respublika boʻyicha bor-yoʻgʻi 44 ming gektarga kartoshka takroriy ekin sifatida ekilgan.
Yigʻilishda bundan buyon tuman hokimlari hududida inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javob berishi taʼkidlandi.
- Shu oʻrinda hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman. Narxlarni jilovlash tadbirkorlarga mahsulotini majburlab arzon narxlarda sottirish hisobidan boʻlmasligi kerak.
Bu ishlar faqat va faqat takroriy ekinlarni koʻpaytirish va mahsulot hajmini oshirish orqali taʼminlanishi shart, — dedi davlat rahbari.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112303
Jamiyat
94978
Jamiyat
91100
Jamiyat
75864
Jamiyat
//
Izoh yo‘q