O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni muhokama qildi

Saqlash
18:48 / 10.08.2023 1052 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, O‘zbekiston-Rossiya hududlar, ta’lim va media forumlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

 

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//