Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 27 dona gulbaliq noqonuniy ovlangan

Saqlash
03:57 / 10.08.2023 1386 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi va Shahrisabz ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi Tanxozdaryo daryosi irmog‘ida fuqarolar tomonidan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlangan.

 

Noqonuniy ov oqibatida tabiatga 133 mln 650 ming so‘m zarar yetkazilgan. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borish va qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun rasmiylashtirilgan.

 

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, Amudaryo gulbalig‘i yo‘qolib borayotgan kenja tur hisoblanib, O‘zbekiston Qizil kitobi va SITES konvensiyasi (Qizil kitob va Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya) ilovasiga kiritilgan.
 

“Oyina.uz”ning Telegram'dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘ling!
 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//