Jamiyat
Koʻplab mumtoz qoʻshiqlari bilan oʻzbek xalqiga tanilgan xonanda Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi.
Nuriddin Hamroqulov 1946-yil 18-iyun kuni Andijon viloyatida tugʻildi. 1973-yilda Toshkent teatr va rasomlik sanʼati institutini (hozirgi Sanʼat va madaniyat institutini) tamomladi.
1967-yildan Andijon teatrida, keyinchalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda ishlagan.
Xonanda “Samarqand ushshogʻi”, “Toshkent irogʻi”, “Olamni asrang”, “Raʼno”, “Soy koʻrdim”, “Shirinliging”, “Kuldi bahorim”, “Turnalar”, “Ajab sirlar” kabi qoʻshiqlari bilan xalqqa tanilgan edi.
Nuriddin Hamroqulov 1987-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 2020-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110807
Jamiyat
94459
Jamiyat
90378
Jamiyat
74276
Jamiyat
//
Izoh yo‘q