
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 19-iyul kuni 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek Milliy akademik drama teatri xabar berdi.
Aktyor Tolib Karimov 1940-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1961-yilda sobiq Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. 1963-yilda hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. U teatr sahnasida “Qutlug‘ qon”, “Boy ila xizmatchi”, “Shoh Edip”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Alisher Navoiy”, “Sohibqiron Temur”, “Yetti faryod”, “Bir koshona siri” kabi yuzlab spektakllarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. Shuningdek, u “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi” telekoʻrsatuvlarida ham koʻplab obrazlarni gavdalantirgan.
Aktyor 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga, 1989-yil “Qutlug‘ qon” spektaklidagi Tantiboyvachcha roli uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1997-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q