Oʻzbek soʻmi dunyodagi eng zaif valyutalar reytingida 7-oʻrinni egalladi

Saqlash
21:40 / 19.07.2023 1856 0

“Forbes” nashri dunyodagi eng zaif valyutalar oʻnligini eʼlon qildi. Reyting valyutalarning AQSh dollariga nisbatan nisbiy qiymatidan kelib chiqqan holda tuzilgan.

Spotning eʼtibor qaratishicha, reytingda birinchi Eron riali egalladi, yaʼni 1 dollar 42 273 Eron rialini tashkil qiladi. Keyingi oʻrinda Vetnam dongi (1 dollar — 23 711 Vetnam dongi) va kuchli uchlikni Laos kipi (1 dollar — 19 072 Laos kipi) yakunladi.

Mazkur reytingda oʻzbek soʻmi (1 dollar — 11 608,3 soʻm bilan) yettinchi oʻrinni egalladi.

Oʻntalik reytingda quyidagi valyutalar egalladi:

4. Serra-Leone leonesi ($1 — 17 665 leone);

5. Indoneziya rupiyasi ($1 — 14,993 rupiya);

6. Livan funti ($1 — 14,986 funt);

8.Gvineya franki ($1 — 8,583 frank);

9. Paragvay guarani ($1 — 7249 guaran);

10. Uganda shillingi ($1 — 3669 shilling).

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//