Jamiyat
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Saudiya Arabistonida avtohalokatga uchradi.
Haj safarida boʻlib turgan farzandi uning ahvoli haqida maʼlumot berdi.
“Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning farzandiman, ismim Nurimom. Toshkent shahri hojilariga ellikboshi sifatida hajga keldim. Allohning sinovi boʻlib, otamni avtomashina turtib yubordi. Internet tarmoqlarida har xil yolgʻon, boʻrttirilgan xabarlar tarqatilmoqda. Otamning ahvoli ancha yaxshi. Doimo suhbatlashib turibmiz, muloqotdamiz. Diniy idoramiz rahbariyati, diniy qoʻmita rahbariyati, qolaversa, Makka shahridagi ishchi guruh hol-ahvol soʻrab, nazorat qilib turibdi. Internetda otamning sogʻligʻi uchun pul yigʻilgani haqida maʼlumot tarqatilibdi, bu mutlaqo haqiqatga zid. Ikki davlat kelishuvlariga asosan, har bir muolaja mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi. Otamning ahvoli juda yaxshi, shifokorlar oxirgi reyslarga javob bersa kerak”, dedi u.
Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q