Andijonda 9 yoshli qizning o‘ldirilishida ayblangan ayol ozodlikdan mahrum etildi

Saqlash
12:19 / 26.11.2021 995 0

Oliy sud tomonidan 9 yoshli qiz o‘ldirishda gumon qilingan Asrora Hamdamovaga 12 yil 4 oy 24 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali 2020-yil 21-iyun kuni Andijon viloyati Asaka tumanida 9 yoshli go‘dak o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirib ketilgan haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura olib borgan tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni marhumaning qo‘shnisi Asroraxon Hamdamova sodir etgan deb topildi.

 

Unga nisbatan ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish, bosqinchilik, o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha ayblovlar e’lon qilinib, ishi sudga oshirildi.

 

Biroq 10 oy qamoqda saqlangan Asroraxon Hamdamovaga qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik va o‘g‘rilik bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar sudda o‘z isbotini topmagan va Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining shu yil 5 maydagi hukmi bilan u oqlanib, sud zalidan ozod etilgandi.

 

Asroraxon Hamdamovaning oqlanishi yuzasidan prokuratura va manfaatdor tomonlar apellyatsiya shikoyati kiritdi. Oliy sudda apellyatsiya tartibida ko‘rilgan ishda Asroraxon Hamdamova JKning 97-moddasi ikkinchi qismi va boshqa moddalar bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 12 yil 4 oy 24 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//