Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi rahbari oʻz xodimini urib, jagʻini sindirgani aytilmoqda

Saqlash
02:35 / 15.07.2023 1931 0

Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar boʻlimi rahbari oʻz xodimini urib, jagʻini sindirgani aytilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, xodimning jagʻ qismidan jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan. Shu tufayli u voqeani soʻzlab berolmadi. Ammo uning onasi holatni tushuntirishga urindi. Unga koʻra, rahbar topshiriqlarni soʻragan. Oʻgʻli bajarganini aytib, telefonida koʻrsatayotgan vaqtida boshligʻi jagʻiga urgan.

“Jagʻ suyagi yorilib ketgan. Bu insonning bolasimi? Oʻgʻlimning ahvoli hozir qoniqarli. Ertalab soat 10:00 larda jagʻini tikdik. Hozir ochilmaydi, gapirolmaydi. Ogʻziga suv tomizib oʻtiribmiz”, — deydi ayol.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻining taʼkidlashicha, yigʻilish vaqtida rahbar va xodim oʻrtasida oʻzaro hurmatsizlik boʻlgan. Rahbarga nisbatan xodim hurmatsizlik qilgan. Yigʻilishdan soʻng xonada ularning ikkisi qolgan, shu sababli holat boʻyicha aniq maʼlumot yoʻq.

 

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//