Jamiyat
Dilshod Azimov “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror 13-iyul kuni Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilindi.
Dilshod Azimov oʻtgan yillarda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2020-yilda tashkil etilgan “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati mamlakatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bilan shugʻullanadi. Kompaniya toʻlaligicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli hisoblanadi.
Avvalroq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga yangi rahbarlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111896
Jamiyat
94689
Jamiyat
90687
Jamiyat
75393
Jamiyat
//
Izoh yo‘q