Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilidan boshlab ishga joylashayotgan xorijiy til oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori bilan 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi belgilangan edi.
Biroq mazkur tartib hukumat tomonidan oʻtgan yili maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida kechiktirilgan va 2023/2024-oʻquv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
Shu bois 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinadi.
2024/2025-oʻquv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani oʻqituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi. Oʻz navbatida, C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega oʻqituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.
Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111040
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q