Jamiyat
Avvalroq Shahrisabz shahrida er xotinini bogʻlab qoʻyib, kaltaklagani va sochini kesib tashlagani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Shahrisabz shahri “Qushxona” MFYda 2018-yildan buyon qonuniy nikohdan oʻtib yashab kelgan, 1992-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.M. va 1997-yilda tugʻilgan fuqaro Y.S.lar oʻrtasida oʻzaro oilaviy kelishmovchiliklar tufayli 2020-yilda sodir boʻlgan.
Fuqaro Y.S. (ayol) yuqoridagi holat boʻyicha ilgari ichki ishlar organlariga murojaat etmagan.
Shuni taʼkidlash joizki, er-xotin Sh.M. va Y.S. oʻrtasida 2022-yil iyun oyida ham janjal boʻlib, mazkur holat JIB Shahrisabz tuman sudida koʻrib chiqilib, sudning 2022-yil 26-iyul kunidagi qaroriga asosan, ayolning turmush oʻrtogʻi Sh.M. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi va va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, jarima jazosi qoʻllanilgan.
Hozirgi kunda (alohida yashayotgan) er-xotin bilan bogʻliq tarqalgan videorolik yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q