Jamiyat
“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga qanday imtiyozlar berilgan? Xotin-qizlarning bandligiga qanday yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi? Necha foizlik stavkada kreditlar beriladi? Quyida ayollarga berilgan 10 ta imtiyoz haqida maʼlumotlar jamlandi.
Bandligi taʼminlanadi
Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
a) tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
b) mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
v) kooperativlarga jalb etish;
g) kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish.
Tadbirkorlikka jalb qilinadi
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
a) oʻquv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi;
b) tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun kredit ajratiladi.
Kreditlar 33 million soʻmgacha miqdorda ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, avtotransport vositasining taʼminoti, mebel, aloqa xizmatlari toʻlovi va uyali telefon sotib olishga hamda taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kreditlar 14 foizlik stavkada:
Oʻzini oʻzi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million soʻmgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi
Xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, toʻqimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi (motokultivator, oʻt oʻrish oʻroq mashinasi, payvandlash apparati, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha yoki 10 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.
Tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashiladi
Xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatiladi
Tasdiqlangan roʻyxatlar asosida bir martalik moddiy yordam beriladi.
Ushbu bir martalik moddiy yordamni toʻlash uchun bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) koʻrsatilgan roʻyxatni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi.
Bir martalik moddiy yordam toʻlovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor yolgʻiz onalarga qoʻshimcha moddiy yordam berish choralari koʻrib boriladi.
Xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasini toʻlanadi
Fuqarolar yigʻinlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini toʻlab berish boʻyicha talabnomalar shakllantiriladi.
Xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻining xulosasi asosida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Bunda:
Turar joy ijarasi uchun toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi.
Xotin-qizlar belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Xotin-qizlarning uy-joyi taʼmirlanadi
Xotin-qizlarning uy-joyi holati oʻrganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda taʼmirlash yoki qurilish materiallarini olib berish boʻyicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni taʼmirlash ishlariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.
Xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatiladi
Xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.
Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.
Tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi.
Nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
Shuningdek, dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar toʻlab beriladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining, shuningdek, lozim boʻlganda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yoʻl xarajatlari toʻlab beriladi.
Bunda xotin-qizlar yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi.
Yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, yoʻlkiraga haq toʻlash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga yetkazish lozim boʻlgan taqdirda, yoʻl xarajatlarini toʻlab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.
Xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatiladi
Xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:
Xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatiladi
Xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, taʼlim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan barcha imtiyoz va yordamlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga taqdim etiladi.
Oyina.uzʼni Telegramda oʻqing!
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q