Jamiyat
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida 5 yashar bolaga itlar galasi hujum qildi. Bu haqda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat 9-iyul kuni Xoʻjaobod tumani “Mustaqillikning 30 yilligi” mahallasida sodir boʻlgan. Xolasining uyiga mehmonga borgan 5 yoshli bola aholi yashash hududidan uzoqda joylashgan chiqindixona hududda qarovsiz holatda oʻynayotgan vaqtida itlar galasi hujumiga uchragan.
Maʼlumotlarga koʻra, bolada oʻng yuzi, ikkala quloq suprasi, chap oʻmrov sohasi, koʻkrak qafasi orqa yuzasi, ikkala yelka, dumgʻaza sohasida it tishlashi oqibatida orttirilgan jarohatlar aniqlangan.
Viloyat markazidagi shifoxonada davolanayotgan bolaning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarliligi aytilmoqda. U hushida, oʻzi mustaqil ovqatlanmoqda, harakatlanmoqda. Davolanish jarayonlari viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi va tibbiy markaz direktori nazoratiga olingan, bolada quturish alomatlari yoʻq.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Кодирова Угилхон Сотиболдиевна
09:07 / 14.07.2023
Ха хозирги кунда болали оналар сал бепарво,хатто боласини автомабил катков йулларида ,бозорлада,жамоат жойларида,хатто уйларида эьтиборсиз колдиришади.