Toshkent koʻchalarining biri 15 kunga yopildi

Saqlash
21:24 / 13.07.2023 1911 0

12-iyul kunidan boshlab Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko koʻchasining Said Baraka va Fidokor koʻchalari kesishmalari 15 kun muddatga avtomobillar harakati uchun yopildi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Taras Shevchenko koʻchasida “Mening yoʻlim” loyihasi doirasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

 

Jumladan, koʻchaning Said Baraka va Fidokor koʻchalari kesishmalari hududidagi eskirgan, diametri 720 mm, uzunligi 448 metr magistral issiqlik quvurini yangisiga almashtirish ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Taʼmirlash ishlari yakuniga yetgach, harakatlanish qayta tiklanishi qoʻshimcha qilingan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//