Oʻzbekistonlik 19 yoshli futbolchi Fransiya vitse-chempioni safiga oʻtgani aytilmoqda

Saqlash
21:42 / 12.07.2023 1499 0

Oʻzbekiston milliy jamoasi va Belarusning “Energetik-BGU” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda “Belarusskiy futbol” nashri xabar bergan.

Nashrning yozishicha, oʻzbekistonlik 19 yoshli himoyachi Fransiya chempionati vitse-chempioni “Lans” klubi bilan shartnoma imzolagan. Fransuz klubi hozircha bu xabarni rasman tasdiqlamagan. Lansliklar yakunlangan mavsum ligada “PSJ”dan (85) bir ochko kam (84) jamgʻarib, 2-oʻrinni egallagan holda Yevropa Chempionlar ligasiga yoʻllanma olgandi.

Oʻzbekiston yoshlar jamoasi (U20) safida Osiyo chempioni boʻlgan va Argentinadagi yoshlar oʻrtasidagi JCH-2023 da ishtirok etgan Abduqodir Husanovning oʻyinlari yevropalik skautlar tomonidan kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Husanov joriy mavsum Minsk klubi safida 8 oʻyinda bitta golga mualliflik qilgan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//