Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

Saqlash
21:26 / 25.11.2021 1062 0

“Oʻzgidromet” 26-noyabr, juma kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 7-12 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi esa 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi esa 7-12 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//