Jamiyat
Majburiy ijro byurosi 3 ming nafardan koʻproq qarzdorni izlayapti. Ularning mingdan ortigʻi chet elga chiqib ketgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpoʻlatov maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining tezkor-qidiruv faoliyati natijasida joriy yilning oʻtgan davrida qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan boʻlib, shundan 4,5 mingdan (58 foiz) ortigʻi topilib, majburiy ijro harakatlari oʻtkazilgan.
Hozirda 3 ming 264 nafar qarzdor qidirilyapti, uning 2 ming 149 nafari respublika hududida yashiringan, 1 ming 115 tasi esa chet elga chiqib ketgan. Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 mlrd 700 mln. soʻm undirildi. Shundan 22 mlrd. 800 mln. soʻmi aliment pullari hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
109862
Jamiyat
94208
Jamiyat
90039
Jamiyat
73236
Jamiyat
//
Izoh yo‘q