Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida oʻtadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Xabar qilinishicha, uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
109341
Jamiyat
93810
Jamiyat
89432
Jamiyat
72688
Jamiyat
//
Izoh yo‘q