Jamiyat
Toshkent shahrida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan fuqarolar avtobuslardan bepul foydalandi.
Yoshlar avtobuslardan bepul foydalanishi mumkinligi haqida 1-iyundagi hukumat majlisi bayonotida koʻzda tutilgan. Bunda yoʻlovchilarning yoshi qanday aniqlanishiga oydinlik kiritilmagan.

“Toshshahartransxizmat” jamiyati axborot xizmati rahbari Muslima Obidovaning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, avtobuslar xizmatidan foydalanishda yosh toifasini belgilash boʻyicha aniq yoʻriqnoma belgilanmagan.
“Koʻrinishga qarab aniqlanishi boʻyicha koʻrsatma berilgan. Agar qandaydir tushunmovchilik boʻlsa, oʻzini 30 yoshga toʻlmaganini aytgan boʻlsa, undan chiptachilar yoʻlkira uchun haq olmasliklari aytilgan”, — degan Muslima Obidova.
Uning qoʻshimcha qilishicha, yoshlarga koʻrsatilgan bepul xizmatlar uchun sarflangan xarajatlar Toshkent shahri hokimligi tomonidan qoplab beriladi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73433
Jamiyat
//
Izoh yo‘q