Statistika: Oxirgi 20 yilda Oʻzbekistondagi kutubxonalar soni 15 barobarga kamayib ketgan

Saqlash
23:24 / 02.07.2023 1454 0

Oxirgi 20 yilda Oʻzbekistondagi kutubxonalar soni 15 barobarga kamayib ketgan 2000-yilda Oʻzbekistonda 6027 ta kutubxona mavjud boʻlgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2021-yilga kelib 402 tagacha qisqarib ketgan.

 

Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari soni 2000-yilda shahar joylarda 1013tani, qishloq joylarda esa 5014tani tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilga kelib shahar joylardagi markazlar soni 365tagacha, qishloq joylardagi markazlar soni 37tagacha kamayib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi ochiq maʼlumotlar bazasida keltirib oʻtilgan.

 

2000-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistondagi kutubxonalar sonining oʻzgarishi:

 

  • 2000-yil – 6027 ta;
  • 2001-yil – 5936 ta;
  • 2002-yil – 5943 ta;
  • 2003-yil – 6158 ta;
  • 2004-yil – 5953 ta;
  • 2005-yil – 5892 ta;
  • 2006-yil – 1200 ta;
  • 2007-yil – 1521 ta;
  • 2008-yil – 1650 ta;
  • 2009-yil – 2722 ta;
  • 2010-yil – 2809 ta;
  • 2011-yil – 2809 ta;
  • 2012-yil – 2831 ta;
  • 2013-yil – 2834 ta;
  • 2014-yil – 2877 ta;
  • 2015-yil – 2914 ta;
  • 2016-yil – 2908 ta;
  • 2017-yil – 2898 ta;
  • 2018-yil – 2902 ta;
  • 2019-yil – 398 ta;
  • 2020-yil – 400 ta;
  • 2021-yil – 402 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//