Prezident 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansamblini taqdirladi

Saqlash
20:32 / 02.07.2023 1676 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan ijodiy jamoani mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

“El-yurt hurmati” ordeni bilan ansamblning badiiy rahbari Farrux Zokirov, “Doʻstlik” ordeni bilan sozandalar Abbos Aliyev, Javlon Toʻxtayev va Timur Xalikov, shuningdek, ansambl direktori Igor Xalikov taqdirlandi.

Mukofotlar “yorqin isteʼdodi, yuksak professional mahorati, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan oʻzbek estrada sanʼatini rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targʻib etish, xalqlar oʻrtasida madaniy aloqalar, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini roʻyobga chiqarish, xalq, ayniqsa, yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari” uchun topshirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//