Jamiyat
Hukumat qarori bilan OAVni qoʻllab quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish boʻyicha quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi.
Bunda tanlov 2 yoʻnalishda – “bolalarga moʻljallangan eng yaxshi teleloiyha” va “bolalarga moʻljallangan eng yaxshi radioloyiha” nominatsiyalarida tashkil etilib, jami 30 ta eng yaxshi loyiha moliyalashtiriladi.
Tanlov har yili iyul–avgust oylarida, gʻoliblarni taqdirlash sentyabrda oʻtkaziladi;
Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi.
Shunga koʻra, tanlov har yili chorak yakuni boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
▫️gazetalar va jurnallarda chop etilgan materiallar;
▫️telekanallarda efirga uzatilgan materiallar;
▫️radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar;
▫️veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallar.
Bunda har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar tegishlicha BHMning 50 baravari (1-oʻrin), 40 baravari (2-oʻrin) va 30 baravari (3-oʻrin) miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Shuningdek, har bir yoʻnalish boʻyicha 5 tadan 22 tagacha sovrindorlar aniqlanib, ular BHMning 10 baravari miqdorida ragʻbatlantirilishi nazarda tutilgan;
OAV xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milily yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi.
Nizomga muvofiq, OAVda kamida 1 yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning xorijiy tillarni oʻrganish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
Bunda ular xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim;
Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna boʻlish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi toʻgʻrisidagi.
Shunga koʻra, “Obuna” yagona elektron platformasi va uning mobil ilovasi orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan miqdori obuna rasmiylashtirilgandan 1 oy oʻtganidan keyin shakllantiriladi.
Obuna xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qaytariladi:
➖ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar – obuna narxining 10 foizi miqdori;
➖bolalarga moʻljallangan davriy bosma nashrlar – obuna narxining 20 foizi miqdori;
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom.
Bunda har yili eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash boʻyicha tanlov eʼlon qilinib, gʻolib loyihalarga Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q