Jamiyat
25−26-iyun kunlari Jizzax shahrida 57 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi.
Xabarga koʻra, bemorlar ich ketish va tana harorati koʻtarilishidan shikoyat qilgan va tibbiy muolaja uchun shifoxonaga yotqizilgan.
“Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan, 46 nafari qoniqarli ahvolda”, — deyiladi xabarda.
Shahar prokuraturasi tomonidan oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida bemorlar Jizzax shahridagi oshxonalarning birida ovqatlangani aniqlandi. Hodisa joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalari boʻyicha va barcha bemorlarga nisbatan tegishli ekspertizalar tayinlanib, soha mutaxassislari jalb etildi.
Viloyat prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat oʻrnatgan.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74510
Jamiyat
//
Izoh yo‘q