Jamiyat
Qurbon hayit kuni va dam olish kunlarida davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
– 1267 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika,
– 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
– 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
– tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
– ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
– tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Shuningdek, 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari, 227 ta tugʻruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q