Davlat tashkilotlarida ishlamaydigan ayollarga ham tug‘ish nafaqasini budjetdan to‘lash taklif qilindi

Saqlash
09:35 / 25.11.2021 4576 5

Xalq demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi xodim davlat yo nodavlat tashkilotda ishlashidan qat’i nazar, barcha ayollar uchun kafolatli ravishda davlat tomonidan to‘lanishi kerak, deya taklif bildirmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, shuningdek, ushbu hujjat bilan birga taqdim etilgan 2022–2024 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

 

“Bugungi kunda byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi davlat tomonidan to‘lanmoqda. Nodavlat tashkilotlarda bunday nafaqa ish beruvchilar tomonidan to‘lanishi belgilangan. Ammo amalda aksariyat ish beruvchilar xodimlar, ayollar, onalar oldidagi bu majburiyatni bajarmayapti. Bu esa nobudjet sohadagi ish beruvchilar tomonidan ayollarni ishga qabul qilmaslikka (ayniqsa, homiladorlik davrida) va ayollarning mehnat qilish huquqining cheklanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birgalikda, ish bilan band bo‘lmagan ayollarga ushbu nafaqalar to‘lanmaydi. Mazkur holatlar keng jamoatchilikning savol va mulohazalariga sabab bo‘lmoqda.

Fraksiyamiz fikricha, barcha ayollar uchun homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa xodim davlat yoki nodavlat tashkilotda ishlashidan qat’i nazar kafolatli ravishda davlat tomonidan to‘lanishi lozim. Buni amalga oshirishning eng ishonchli va maqbul yo‘li nafaqaning davlat tomonidan to‘lanishi hisoblanadi. Partiyamiz deputatlari hukumatga mana shu taklifni ham berdi”, – deya Xalq demokratik partiyasining nuqtayi nazarini keltirmoqda deputat Ulug‘bek Vafoev.

 

“Dekret puli” qanday to‘lanadi?

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra:

  • budjet tashkilotlari tomonidan – mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan – foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Prezidentning 2016 yildagi qaroriga ko‘ra:

  • budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimga ishlagan kundan boshlab 12 oygacha – tug‘uruq ta’tiliga sarflangan vaqt uchun o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;
  • ishlagan kundan boshlab 12 oydan ortiq – tug‘uruq ta’tiliga sarflangan vaqt uchun oylik ish haqining 100 foizi miqdorida homiladorlik va tug‘uruq uchun nafaqa to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar to‘lovi uchun 414,2 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

 

5 Izohlar

Usanova Mehrinisa

17:02 / 29.02.2024

Men ishsizman hech qayerda ishlamaganman. Hozida homiladorman bizga oxshagan ayollarga ham dekret puli berilsa yaxshi bòlar edi

Shaxnoza

06:01 / 01.01.1970

Assalomu aleykum men hozirgi kunda hech qanday tashkilot va idoralarda ishlamayman. Homiladorman. 4 oylik homiladorlikda sog'lig'im to'g'ri kelmaganligi sababli o'z hohishim bilan ishdan bo'shaganman. Men qanday qilib dekret puli olishim mumkun? Ohirgi 6 oy mobaynida buydjet tashkilotida ishlaganman. Iltimos savolimga javob yozing oldindan raxmat.

Dilnavoz

06:01 / 01.01.1970

Dekret puli uchun qayerga murojaat qilinadi

Maftuna

06:01 / 01.01.1970

Qaytengi uyda otiradgan extiyojmand oilalarga beriliwi kere db oyliman manam

Guljamol

06:01 / 01.01.1970

Men oʻ rta maxsusman dekretga chiqishim kerak lekin direktor ishdan boʻshataman dikretga chiqormayman deyapti shu to'g'rimi

Izoh qoldirish

//