Oʻzbekiston tinchliksevar mamlakatlar reytingida 87-oʻrinni egalladi

Saqlash
19:26 / 27.06.2023 2985 0

Tinchliksevar mamlakatlar reytingi – Global Peace Indexʼning 2022-yilgi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston 163 davlat orasida 87-oʻrinni egalladi.

 

Oʻtgan yil bilan taqqoslaganda Oʻzbekiston ushbu reytingda bir pogʻona pastlagan. 2020-yilda 103-oʻrinda, 2019-yilda 102-oʻrinda, 2018-yilda 104-oʻrinda qayd etilgandi.

 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirgʻiziston 91, Tojikiston 92, Qozogʻiston 97, Turkmaniston 103-oʻrinda qayd etildi. Afgʻoniston 163 mamlakat orasida soʻnggi oʻrinni egalladi.

 

Eng quyi pogʻonalar – tinchliksevarlik darajasi past boʻlgan davlatlar qatoridan, shuningdek, Janubiy Sudan, Rossiya, Suriya, Yaman oʻrin oldi.

 

Reytingda birinchi oʻrinni Islandiya band etgan. Shuningdek, tinchliksevar davlatlar oʻntaligidan Yangi Zelandiya, Irlandiya, Daniya, Avstriya, Portugaliya, Sloveniya, Chexiya, Singapur va Yaponiya joy olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//