Ijod maktablariga hujjat topshirish osonlashtirildi

Saqlash
03:35 / 27.06.2023 3597 0

Bu yil Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi.

 

Talabgorlar hujjatlarini onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali yuklashi mumkin. Bular quyidagi hujjat:

 

Talabgorning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

 

Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

 

Oʻquvchining tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabeli (maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi shart emas;

 

Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun mobil telefon raqamlari.

 

Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:

1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga:

1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

 

Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

 

Ijod maktablariga qabul kvotasi quyidagicha:

 

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//