Siyosat
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay boʻlib turgani, ammo vaziyat oʻzgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mudofaa vazirligi ushbu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga koʻra, mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
“Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan”, — deyiladi xabarda.
Vazirlik barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻragan va asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Исмоил
04:06 / 27.06.2023
hukumat darajasidagi feyk xabarlarni tarqatadiganlarga nisbatan jinoiy jazo qo'llash kerak. Ularni ayab o'tirmaslik kerak.
Сарвар
04:06 / 27.06.2023
Эххх тентаклар шуниям тема кибташадиларингми? Маскарабозлар! Бу фейк видеони чикарган маскарабозлар хизматга бормаган! Улар билмейдики Узбекстон армияси хеч качон бошка давлатга уришга бормейди!
Ali
04:06 / 27.06.2023
ёлғон хабарку бу
Ali
04:06 / 27.06.2023
Бу ёлғон маълумот эканлигини ҳамма биладику. МВ лиги яхши изоҳ берган.
Дамир
04:06 / 27.06.2023
Ёлғон ахборот тарқатганларни қаттиқ жазога тортиш лозим. Шундагина ўйлаб иш қилишади