Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda oshxonada oʻtirgan bir guruh ayollarga qarata nomaʼlum erkak stakan otgani va u ayollardan birining boshiga tegib, koʻp qon oqqan tasvirlangan video tarqalgandi. Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan bayonot berdi.
“Kitob tumani, Guliston mahallasida yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi “Karavan” nomli oshxonada oʻtirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari oʻtirgan oshxona stoliga kelib oʻtirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun moʻljallangan shisha idishni otgan.
Shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda boʻyin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q