Madaniyat
Joriy yilning 18-25-iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida 6-mugʻom festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda Turkiya, Oʻzbekiston, Eron, Isroil va Ozarbayjonlik 22 nafar sozanda va xonanda gʻoliblik uchun bellashdi.
Quvonarli tomoni, unda oʻzbekistonlik qatnashchilar sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. Jumladan, xonanda Mohichehra Shomurodova oliy oʻrin — gran prini bilan mukofotlandi. Xonanda Doʻstmurod Negmurodov 3-oʻrinni egalladi. Sozanda Shohjahon Yoriyev esa 2-oʻrin sohibi boʻldi.
Festival tanlovi natijasiga koʻra ijrochilar quyidagi tartibda oʻrin oldi:
Sozandalar:
Gran-pri — Vaqif Tahmazov — Ozarbayjon;
1 — Anar Valizoda — Ozarbayjon;
2 — Shohjahon Yoriyev — Oʻzbekiston
3 — Jahandar Mikailov — Ozarbayjon;
Xonandalar:
Gran-pri — Mohichehra Shomurodova — Oʻzbekiston;
1 — Mirali Sarizada — Ozarbayjon;
2 — Dashqin Kurchali — Ozarbayjon;
3 — Doʻstmurod Negmurodov — Oʻzbekiston.
Festival tanlovi nizomiga koʻra gʻoliblarga jami 100.000 yevro mukofot belgilangan:
Gran-pri — 20 000 yevro;
1 — oʻringa — 15000 yevro;
2 — oʻringa — 10000 yevro;
3 — oʻringa — 5000 yevro;
Shundek, oʻzbekistonlik fotorassom Husniddin Atoning “Mugʻom ijrochilari” nomli shaxsiy foto koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q