Jamiyat
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 23-iyun kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Bular quyidagilar:
Olmazor tumani: “Taraqqiyot”, “Eski shahar”, “Achaobod”, “Namuna”, “Qichqiriq”, “G. Azamov”, “Oltinsoy” va “Chimboy” MFYlarining ayrim koʻchalarida bugun soat 24:00 dan ertaga soat 07:00 gacha;
Bektemir tumani: “Iyk ota” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Qozirobod” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: “Muhandislar” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Sergeli tumani: “Jaloyir” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Oʻz navbatida yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham xabarda bildirilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻradi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q