Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi roʻyxati tasdiqlandi.
1-iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada boʻlgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlangʻich narxda auksion savdolariga qoʻyiladi.
Avtomobil boshqa shaxsga oʻtkazilganda uning oshirilgan stavkada olingan “chiroyli raqami” yoʻl harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanishi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlash uchun BHMning bir baravari miqdorida pul toʻlanadi.
Ilgari qoʻshimcha 12 oy saqlash tartibi boʻlmagan, 12 oydan keyin “chiroyli raqam” olib qoʻyilgan.
Auksionda raqobat tartiboti amalga oshmadi deb eʼtirof etilganda (ikkinchi gʻolib rad etgan yoki xaridorlar mavjud boʻlmaganda), axborot tizimida avtotransport vositalari uchun ROʻDRBni oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishni 5 kun muddat ichida avtomatik ravishda qaytadan eʼlon qilinadi. Ilgari aniq muddat belgilanmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q