Oʻzbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori qaysi davlat?

Saqlash
22:51 / 22.06.2023 2315 0

Statistika agentligi Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

 

Unga koʻra, 2023-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 4,5 mlrd AQSH dollari.

 

Keyingi oʻrinlardan Rossiya (3,8 mlrd dollar) va Qozogʻiston (1,9 mlrd dollar) bormoqda. Shuningdek, Turkiya va Koreya Respublikasida ham bu raqam mlrdga yetgan.

 

Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

— Xitoy – 4,5 mlrd;

— Rossiya – 3,8 mlrd;

— Qozogʻiston – 1,9 mlrd;

— Turkiya – 1,3 mlrd;

— Koreya – 1,0 mlrd;

— Germaniya – 894 mln;

— Qirgʻiz Respublikasi – 419 mln;

— Turkmaniston – 364 mln;

— Fransiya – 332 mln;

— Afgʻoniston – 328 mln.

 

2023-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

 

Ushbu vaqt davomida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSH dollari va import 15,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

 

Yanvar–may oylarida mamlakat jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//