Sport
Xitoyning Usi shahrida oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabar: ayollar oʻrtasida sablya yoʻnalishida kechgan bahslarda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Osiyo chempionatining pleyy-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vyetnam, Xitoy, Avstriya vakillari, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi, janubiy koreyalik Jisu Yunni magʻlubiyatga uchratdi.
Bu qoraqalpogʻistonlik sportchimizning kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida qoʻlga kiritgan birinchi oltin medali hisoblanadi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q