Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya va nafaqalarni fuqarolar bank kartalariga majburan o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Pensiya jamg‘armasi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq, barcha turdagi pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd shaklda beriladi yoki fuqarolarning roziligi asosida bank kartasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, 2021-yil 3-fevraldagi prezident farmoni bilan pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtirish joriy etilgan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarni bank kartalariga majburan o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarlar asossiz bo‘lib, barcha harakatlar fuqarolarning xohish istaklari va roziligi asosida amalga oshirilib kelinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q