Aholini o‘qitib, ularni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Saqlash
20:36 / 16.06.2023 1924 0

Aholini o‘qitib, ularni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

 

Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

 

Bunday tadbirkorlarni rag‘batlantirish uchun 2030-yilga qadar yana 6 milliard dollar mablag‘ ajratiladi.

 

Bu dastur doirasida, qiymati 50 milliard so‘mdan yuqori loyiha tashabbuskorlariga infratuzilma xarajatlari to‘liq qoplab beriladi (hozir – 200 milliard so‘m).

 

Shuningdek, ushbu tadbirkorlar:

 

- kamida 20 foiz kambag‘al oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlaganda mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;

- “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilsa, ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi;

- barcha soliqlarni bir yilgacha kechiktirib to‘lashlari mumkin bo‘ladi;

- faoliyatiga doir soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//