Iqtisod
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish uchun 225 million yevro ajratishini e’lon qildi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, loyihaga Islom taraqqiyot banki ham 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.
Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi. Loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan va shu yil 17-maygacha so‘nggi baholash ishlari olib borilgan.
Undan asosiy maqsad esa O‘zbekiston energetika sektorini karbonsizlashtirish strategiyasiga muvofiq, yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ekani aytilgan.
Investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga davlatning hech bir kafolatisiz yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.
2015-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Pekinda joylashgan OIIB 57 ta ishtirokchi davlatni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, tashkilotning ustav kapitali 100 mlrd dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki bilan qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 400 mln dollarlik bitimlar imzolangandi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91212
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
Izoh yo‘q