Suvni sarflash, oʻlchash va yetkazib berish boʻyicha juda keskin takliflar tayyorlayapmiz – Iqtisodiyot va moliya vaziri

Saqlash
17:02 / 16.06.2023 2037 1

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2022 va 2023-yilning birinchi choragidagi ijrosi boʻyicha Qonunchilik palatasi oldidagi hisobotida vazirlik suvni sarflash madaniyati, uni oʻlchash va yetkazib berish boʻyicha keskin takliflar tayyorlayotganini maʼlum qildi.

 

“Hurmatli prezidentimizga ham axborot berganmiz, suvni sarflash madaniyati, suvni oʻlchash, suvni yetkazib berish boʻyicha juda bir keskin takliflarimizni tayyorlayapmiz. Ular tayyor boʻlishi bilan 2024-yilning byudjet loyihasida ham buni oʻzingiz koʻrasizlar. Yaʼni suvga boʻlgan munosabatimizni keskin oʻzgartiradigan, tejashni ragʻbatlantiradigan mexanizmlar haqida oʻylayapmiz”, – dedi vazir.

 

Vazirning qayd etishicha, 2022-yil davomida Oʻzbekistonda 1800 kilometrdan ortiq ichimlik va 50 kilometrdan ortiq oqava suv quvurlari tortilgan. 1,6 million nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlangan. 464 ta mahallada yashovchi 3,4 million nafardan ortiq aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi yaxshilangan.

1 Izoh

Р.Авезов

12:01 / 01.01.1970

Ичимлик сувини назорат килиш инспекциясири президент адмиристрацияси хузурида кайта ташкид килиб, ичимлик сувидан окилона фойдаланишри назоратини кучайтириш керак. Хамда инспекциянинг назоратини амалага ошиииш учун бизнес вакили ролини олиб ташлаш.

Izoh qoldirish

//