Jahon
Amerikaning Apple korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Kantar tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari dunyoning eng qimmat TOP 100 brendlari reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Apple brendining umumiy kapitallashuvi 2023-yilda 7 foizga kamayib, 880 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiya qiymati 947 milliard dollardan 67 milliard dollarga kamaydi.
Ammo Apple kapitallashuvi koʻrsatkichlari pasaygan yagona kompaniya emas. Dunyodagi yuzlab eng qimmat brendlarning umumiy qiymati yillik hisobda birdaniga 20 foizga, yaʼni 6,9 trillion dollargacha kamaygan.
Reytingda ikkinchi oʻrinni yana bir Amerika kompaniyasi Google egalladi. Yil davomida brend kapitallashuvi Appleʼnikidan ham koʻproq — 30 foizga kamayib, 577,7 milliard dollarni tashkil qildi. Kuchli uchlikni Microsoft transmilliy kompaniyasi yakunlagan. Texnologik gigantning kapitallashuvi 18 foizga pasayib, 501,9 milliard dollarni tashkil qildi.
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
110797
Jamiyat
94453
Jamiyat
90372
Jamiyat
74268
Jamiyat
//
Izoh yo‘q