Jamiyat
Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligida “InnoWeek.uz-2021” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Sunʼiy intellekt - texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Xalqaro anjumanda ishtirok etgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov oʻzbek tilida maʼruza qildi, deya xabar bermoqda “Oyina.uz” muxbiri Inobat Ahatova.
Vazir nutqi avvalida maʼruza boshqa tillarga sinxron tarjima qilinishini aniqlashtirib, tasdiq javobini olgach, toʻliq oʻzbek tilida chiqish qildi.
«Sunʼiy intellekt qiyin vazifaga oʻxshab koʻrinadi. Lekin biz hozir u bilan shugʻullanmasak ertaga kech boʻlib qolishi mumkin.
Umid qilamanki, bugungi konferensiyada mutaxassislarimiz sunʼiy intellektni ijobiy tomonlarini ham, salbiy tomonlarini ham, imkoniyat va xavflarini ham tahlil qilib beradi. Oʻzbekistonda bu yoʻnalishdagi ishlar boshlangan, tegishli qarorlar qabul qilingan», dedi vazir.
Shuningdek, Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri sifatida ish boshlaganiga endigini bir hafta boʻlgani haqida gapirdi. U xalq taʼlimi vaziri sifatida ishlayotgan vaqtda maktablardagi test imtihonlarida koʻchirmakashlikni oldini olishga qaratilgan tizim ishlab chiqilgani va uni qoʻllanishni boshlamoqchi boʻlganini yodga oldi.
Konferensiyada Sherzod Shermatovdan soʻng soʻzga chiqqan Innovatsion rivojlanish vazir oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova va xorijlik mutaxassislar oʻz maʼruzalarini toʻliq rus va ingliz tilida olib bordi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q