2030-yilga qadar yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishamiz – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
14:14 / 15.06.2023 1114 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda avtomobilsozlikka oid maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

 

“Bir raqamga eʼtibor qiling: Asaka tumanidagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari respublikaning 9 ta viloyati sanoatidan yuqori.

 

Biz avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha 1 milliard dollar investitsiya kiritamiz. Bu orqali kelgusi ikki yilda avtomobil ishlab chiqarishni hozirgi 300 ming donadan 500 ming donaga olib chiqamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga qadar yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishilishini aytdi.

 

“Shuningdek, Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etilmoqda”, – dedi nomzod.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//