Siyosat
Prezident sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi va ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.
Qayd etilishicha, saylov uchastkalarida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ovoz berish kabinalari joylashtiriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ovoz beruvchi fuqarolar uchun optik lupalar hamda yoritkichlar qo‘yiladi.
Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar gavjum yashaydigan hududlarda, ularning saylov uchastkalariga kelib ketishlari uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111836
Jamiyat
94677
Jamiyat
90670
Jamiyat
75334
Jamiyat
//
Izoh yo‘q