Siyosat
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da Oʻzbekiston prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda partiya faollari, deputatlar, mehnat faxriylari, faol xotin-qizlar va yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida partiyadan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudovaning bosh ishonchli vakili tomonidan yigʻilganlarga nomzod haqida batafsil maʼlumot berildi.
Nomzod dasturida ilgari surilgan 9 ta ustuvor maqsad, yaʼni “Huquqiy davlat qurish — pirovard maqsadimiz”, “Ijtimoiy adolatni va milliy iqtisodiyotimizning barqaror oʻsishini taʼminlaymiz”, “Ilm-fan, innovatsiyalar va taʼlim sohasining barqaror rivoji — taraqqiyotimiz kafolati”, “Aholi salomatligi — ulkan boylik” kabi yoʻnalishlarda qonun ustuvorligini taʼminlash, tibbiyot xodimlari va oʻqituvchi-pedagoglarning maqomini mustahkamlash, ularning mehnatini ragʻbatlantirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini keng joriy qilish, “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish vazifalari toʻgʻrisida alohida maʼlumot berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
112166
Jamiyat
94848
Jamiyat
90919
Jamiyat
75705
Jamiyat
//
Izoh yo‘q