Jamiyat
Qoʻqon shahrida joylashgan bozorda yonib ketgan doʻkonlar qayta qurib beriladi.
Fargʻona viloyati hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyevning soʻzlariga koʻra, qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanadi. Qayta qurish uchun tadbirkorlardan pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor maʼmuriyati hisobidan amalga oshiriladi.
“Viloyat hokimligi qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanishini, buning uchun yetarli quruvchi jalb etilishini taʼminlaydi va nazoratga oladi. Qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan hech qanday mablagʻ olinmaydi. Barcha ishlar bozor maʼmuriyati hisobidan amalga oshiriladi, buning uchun maʼmuriyatga bank krediti beriladi”, — dedi u.
Qayd etilishicha, hozirda texnogen ofat oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 12-iyun kuni “Buyuk ipak yoʻli” savdo majmuasida katta yongʻin yuz bergandi. Keyinchalik Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111900
Jamiyat
94690
Jamiyat
90690
Jamiyat
75399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q