Siyosat
Davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini taʼminlash va “mobil boshqaruv apparati”ni yaratish maqsadida 2022–2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga koʻra, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida quyidagilar ustuvor yoʻnalish hisoblanadi:
davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;
takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish;
rahbar oʻrinbosarlarining yoʻnalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;
vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;
boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini toʻliq raqamlashtirish;
“Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;
davlat xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;
vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga oʻtkazish;
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish orqali aholiga “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat koʻrsatish;
kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni toʻliq joriy qilish;
oʻz ustida ishlamaydigan va masʼuliyati boʻlmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy taʼsir”ni amalga oshirish;
vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;
davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;
tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda oʻtkazish tizimini takomillashtirish;
xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;
mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;
hokimlar, ularning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q