Jamiyat
Oʻzbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlovchi” kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, harorat koʻtarilishi oqibatida yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi. Shu bois, yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi.
“️Harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin. Kompaniya oʻz mijozlaridan anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq havo isishi sababli Toshkent metropolitenining yerusti yoʻnalishlarida ham harakat tezligi pasaytirilishi maʼlum qilingandi. Relslar harorati +60 daraja boʻlganda, tezlik 40 km/soatdan, +65 darajada 25 km/soatdan oshmaydi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112122
Jamiyat
94805
Jamiyat
90854
Jamiyat
75651
Jamiyat
//
Izoh yo‘q