8 nafar fuqaroning oʻlimiga sabab boʻlgani aytilgan Zangiotadagi YTH yuzasidan maʼlumot berildi

Saqlash
14:15 / 12.06.2023 1116 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 8 nafar fuqaroning oʻlimiga sabab boʻlgan YTH haqida xabarlar tarqaldi. IIBB axborot xizmati mazkur xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Taʼkidlanishicha, voqea joriy yilning 9-iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan oʻtgan M-34 Toshkent—Dushanbe avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Videoda koʻrilgani kabi Spark haydovchisi harakat davomida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketishi oqibatida shu yoʻnalishdagi Damas bilan toʻqnashib ketgan.

 

Yoʻl-transport hodisasi natijasida yoʻnalishdagi 3 ta avtomobil texnik shikastlangan. 8 ta emas, 1 nafar fuqaro — qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketgan Spark haydovchisi vafot etgan. Qolgan ishtirokchilar turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan.

 

“Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, yakuniy xulosaga koʻra batafsil axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//