Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Rim shahridagi rasmiy tadbirlarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kiji saroyida Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.
Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi. Huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi o‘rtasida restavratsiya sohasida, O‘zbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026-yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q